
Italiya kubogi. Endi Eldor Shomurodov jamoasining navbatdagi raqibi - Ronaldu boshchiligidagi "Yuventus"
"Jenoa" Italiya kubogi 4-bosqichida "Sampdoriya" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda Rolando Maran shogirdlari 3:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvni Eldor Shomurodov asosiy tarkibda boshlab, "Jenoa"ning ilk goliga assistentlik qildi.
Keyingi bosqichga yo‘l olgan Shomurodov jamoasi endi "Yuventus" bilan o‘ynaydi. O‘zbekistonlik muxlislar uzoq kutgan Ronaldu - Shomurodov qarama-qarshiligi 2021 yilning 13 yanvarida o‘tkaziladi.
Fikrlar