
Italiya Kubogi. “Yuventus” qiyinchilik bilan chorak finalga yo‘l oldi
Italiya Kubogi nimchorak finalida “Yuventus” jamoasi “Atalanta”ga qarshi bahs olib bordi. Turinliklar uchun qiyin kechgan o‘yin ularning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
G‘oliblar safida Paulo Dibala, Mario Manjukich va Miralem Pyanich gollarga mualliflik qildi. “Atalanta”dan Konko va Latte Laf gol kiritishdi.
Yuventus – Atalanta 3:2 (2:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 22 Dibala, 2:0 – 34 Manjukich, 2:1 – 72 Konko, 3:1 – 75, penalti Pyanich, 3:2 – 81 Latte Laf.
Yuventus – Neto, Lixtshtayner, Rugani, Bardzali, Pyanich (Bonuchchi, 82), Asamoa, Ernanes, Markizio (Sturaro, 46), Rinkon, Manjukich, Dibala (Pyatsa, 62).
Atalanta – Berisha, Kaldara, Toloi, Masello, Konti, Froyler, Spinatstsola, Kurtich (Konko, 46), Grassi (Latte Laf, 60), D'Alessandro (Gomes, 82), Petanya.
Ogohlantirishlar: Grassi (29), Toloi (64), Latte Laf (70), Froyler (90).
Fikrlar