
Italiya nashri "Inter"ga qarshi o‘yinda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishini bildirdi (Foto)
Bugun xabar berganimizdek, A Seriya doirasida "Jenoa" o‘z uyida "Inter"ni qabul qiladi.
5-turdan o‘rin olgan bahs uchun Italiyaning bir qator nashrlari taxminiy tarkiblarni havola qilishdi. Jumladan, "La Gazzetta dello Sport" nashri hamyurtimiz Eldor Shomurodovni milanliklarga qarshi bahsda asosiy tarkibda tushishini taxmin qildi.
Mamlakatning yana bir nufuzli saytlaridan biri "Corriere Dello Sport" esa hujumchimizni zaxirada qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Fikrlar