
Italiyada 25-tur boshlanmoqda. "Jenoa" asosiy raqobatchilaridan biri bilan o‘ynaydi
Bugundan Italiyada 25-tur bahslari start olmoqda. Bellashuvlar 4 martgacha bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun ahamiyatlisi Eldor Shomurodov to‘p tepadigan "Jenoa"ning o‘yinidir. Genuyaliklar bu gal o‘z uylarida harakat qilishadi. Jamoaning asosiy raqobatchilaridan biri "Sampdoriya" Genuyaga tashrif buyuradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan ertaga tunda 00:45da start oladi.
"Jenoa"ning ushbu raqibi turnir jadvalida 30 ochko jamg‘argan holda 10-o‘rinda bormoqda. Ballardini shogirdlari esa 26 ochko bilan 13-o‘rinni band etishgan.
Quyida A Seriya 25-tur bellashuvlari bilan tanishishingiz mumkin. O‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
2 mart
00:45. Yuventus - Spetsiya
3 mart
22:30. Sassuolo - Napoli
00:45. Benevento - Verona
00:45. Milan - Udineze
00:45. Jenoa - Sampdoriya
00:45. Fiorentina - Roma
00:45. Atalanta - Krotone
00:45. Kalyari - Bolonya
4 mart
00:45. Parma - Inter
*Latsio - Torino (Qoldirildi)
Fikrlar