Italiyada hamon hurmatim bor

  • 16 may, 2022, 11:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi yozda A Seriyaga ko‘chib o‘tmoqchi.

Tecno

Mauroning parijliklar bilan shartnomasi yakunlanishiga hali ikki yil bor. Biroq, klub mutasaddilari unga yangi jamoa topishni aytgan.

Yozda 29 yoshli hujumchi transferga qo‘yiladi.

Ikardi Frantsiyaga kelgunga qadar Italiya chempionatida muvaffaqiyatli o‘ynagan. U “Sampdoriya” va “Inter” davrida qozongan e’tiboriga ishonib, yana A Seriyaga qaytib bormoqchi.

Aslida Mauro Ikardi “Barselona” tarbiyalanuvchisi ekanini ko‘pchilik bilmaydi. U kataloniyaliklar asosiy jamoasiga qabul qilinmaganidan keyin Italiyaga yo‘l olgan edi.

Bu hujumchi mavsum davomida jami o‘ttizta o‘yinda beshta to‘p kiritishga erishdi xolos.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!