
Italiyadan tashqarida o‘ynashga tayyorman
“Yuventus”dagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan 37 yoshli himoyachi Jorjo Kellini legioner sifatida xorijda to‘p tepishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Tajribali futbolchining aytishicha, u doim boshqa mamlakatlar ligalarida o‘ynashni orzu qilgan va hozir ana shunday imkoniyat paydo bo‘ldi. Buning uchun Jorjo oilasi bilan bir qarorga kelib olishi kerakligini aytmoqda.
Italiya matbuoti Jorje Kellini AQSh chempionatiga o‘tadi, degan taxminni ilgari surmoqda.
Kellini “Livorno” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyin bir mavsum “Fiorentina”da o‘ynaganidan keyin 2005 yilda Turin superklubiga ko‘chib o‘tgan.
Tajribali himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 25 marotaba maydonga tushdi va birorta samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.
Fikrlar