Italiyalik jurnalist "Manchester Siti"ning YEChLdagi g'alabasi qonuniyligiga shubha qildi

  • 02.10.2026 20:32
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik jurnalist Sandro Sabatini 2023 yilda «Manchester Siti» qo‘lga kiritgan Chempionlar ligasi g‘alabasining qonuniyligiga shubha bilan yondashdi. Bu hafta Angliya Premier-ligasi rasmiy e’lon qilgan bayonotida klub moliyaviy qoidalarni qo‘pol ravishda buzgani uchun barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgani ma’lum qilindi. Liga xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» soxta shartnomalar tuzgan va haqiqiy moliyaviy ahvolini auditorlar hamda futbol hokimiyatlaridan yashirgan.

Sabatini radio efiridagi chiqishida bu holatdan «Inter» ham jabr ko‘rganini ta’kidladi. Milan klubi 2023 yilda Stambulda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalida angliyaliklarga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Jurnalistning ta’kidlashicha, agar qoidabuzarlik 2018 yilda futbolchi sotib olish jarayonida sodir etilgan bo‘lsa va o‘sha futbolchi 2023 yilda «Inter»ga qarshi finalda maydonga tushgan bo‘lsa, vaziyat tamoman boshqacha tus oladi.

«Biz «Siti» bo‘yicha yakuniy qaror sari borayapmiz. Agar bu qaror orqa sana bilan qo‘llanadigan bo‘lsa, ya’ni qoidabuzarlik qoidaга zid tarzda amalga oshirilgan, degan tamoyil asosida baholansa, bu juda katta masalaga aylanadi. 2023 yil tergov doirasiga kirmaydi, lekin siz qoidalar buzilgan futbolchilar bilan o‘yin o‘tkazgansiz. «Manchester Siti» atrofidagi vaziyat ulkan ahamiyatga ega», — dedi Sabatini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!