Italiyalik murabbiy O‘runov jamoasini boshqarishni xohlamadi
"Spartak" "Sassuolo" ustozi Roberto De Dzerbi xizmatiga qiziqish bildirgan. Bu haqda "La Gazzetta Dello Sport" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, moskvaliklar De Dzerbiga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Murabbiy RPL klubi uchun Italiyani tark etishni xohlamadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, "qizil-oqlar" italiyalik mutaxassisga yiliga 3 million evro to‘lashga tayyor bo‘lgan. Roberto "Sassuolo"da 3 baravar kam maosh oladi.

Fikrlar