
Italiyaning ikki klubi Lukakuga qiziqish bildirmoqda
So‘nggi ikki mavsumni ijarada o‘tkazgan Romelu Lukaku kelasi mavsum yana Italiyada qolishi mumkin. Unga "Milan" jiddiy qiziqmoqda, deya xabar berdi Di Martsio.
Fabritsio Romanoga ko‘ra, "Chelsi" hujumchini boshqa ijaraga berish niyati yo‘q. klub uni sotishni rejalashtirgan. Rimliklar safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan belgiyalik futbolchi o‘tgan yili Saudiya chempionatiga o‘tishiga ham mumkin edi, lekin u Evropada qolishga qaror qildi.
Lukakuni "Milan"dan tashqari "Napoli" ham sotib olishi mumkin. Shuningdek, Romeluning "Anderlext"ga qaytishi haqida ham mish-mishlar chiqmoqda.
Fikrlar