Ivan Boshkovich “Bunyodkor” bilan qo‘shimcha kelishuv shartnomasini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazishni so‘radi

  • 28 yanvar, 2023, 11:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

27 yanvar kuni murabbiy Ivan Boshkovich Liga hamda O‘FA qo‘mitasiga murojaat bilan chiqdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, mutaxassis “Bunyodkor” klubi bilan 2022 yilning 27 dekabr sanasida amaldagi shartnomasiga qo‘shimchalar kiritilgan bitimga imzo chekkan. Biroq mazkur shartnoma hozirga qadar Liga ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 12.2-bandida futbol klubi futbolchi yoki murabbiy bilan bilan yilning istalgan davrida mehnat shartnomasi tuzish hamda unga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega ekani qayd etilgan. Mazkur mehnat shartnomasi yoki unga kiritilgan o‘zgarish esa imzolangan kunidan boshlab 1 oy ichida Liga ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladi.

O‘FA tegishli qo‘mitasi mazkur holatni o‘rganib chiqadi.

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!