
Ivan Boshkovich: "Dastlabki goldan so‘ng ruhiy jihatdan o‘zgarishlar bo‘ldi"
O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – OKMK (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Uchrashuv og‘ir o‘tdi. Raqib yaxshi shakllangan va mahoratli futbolchilardan tashkil topgan edi.
O‘tkazib yuborilgan dastlabki goldan so‘ng ruhiy jihatdan o‘zgarishlar bo‘ldi. Buni tanaffusda yaxshilashga harakat qildim. Raqib tezkor qarshi hujumlarda bizni ushlashga harakat qildi. Shunday bo‘lsada, bellashuv so‘ngiga qadar harakat qildik.
Bugun uch hujumchi bilan o‘ynadik. Bitta gol kiritdik, o‘ylashimcha, OKMK haqli g‘alabaga erishdi”, – dedi Boshkovich.
Fikrlar