Ivan Boshkovich: "Murabbiy sifatida mag‘lubiyat uchun javobgarman"

  • 15.04.2023 23:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca-Cola Superliga 6-turi doirasida safarda «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan «So‘g‘diyona» klubi ustozi Ivan Boshkovich raqib haqli g‘alabaga erishgani va mag‘lubiyat sabablarini aytdi.

«Paxtakor» o‘yinning boshidayoq maydonda kamchilik bo‘lib qolganidan foydalanishimiz kerak edi, ammo bunday bo‘lmadi. Raqib bir kishi kam bo‘lib bizdan ustunlik qildi. Birinchi bo‘limda etarlicha imkoniyatlar bo‘lgan edi. Ikkinchi bo‘limda esa vaziyatlar yarata olmadik. Murabbiy sifatida mag‘lubiyat uchun javobgarman. «Paxtakor» haqli g‘alabaga erishdi.

Hakamlar qarorlari haqida gapirishni istamayman. Jamoam ko‘rsatgan o‘yindan qoniqdim. Birinchi taymda jamoam yaxshi vaziyatlar yaratdi. Asta sekin o‘yinimizni yaxshilaymiz», - dedi Boshkovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!