Ivan Solovyov endi Qirg‘iziston chempionatida o‘ynaydi

  • 01.02.2024 11:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bu yil 31 yoshni qarshilaydigan rossiyalik futbolchi Ivan Solovyov o‘tgan mavsumda pro ligada Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p surgandi. Chempionat tugagach, yarim himoyachi “Temiryo‘lchilar” bilan xayrlashdi. Yangi mavsumni Qirg‘izistonning “Muras Yunayted” jamoasida boshlaydigan bo‘ldi.

solovyov_1

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yaqinda “Muras Yunayted”ga “Navbahor”ning sobiq ustozi rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis bosh murabbiy etib tayinlandi. O‘z vaqtida Solovyov Kanchelskis bilan “Navbahor”da faoliyat olib borgan. Ko‘rib turganingizdek, ularning yo‘llari endi Qirg‘izistonda kesishdi.

Solovyov yurtimizda “Navbahor”, “Nasaf” va “Lokomotiv”dagi faoliyati orqali muxlislar yodida qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!