Ivanovich asosiy tarkibda, Arshavin zaxirada

  • 10 aprel, 2020, 20:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi sardorlik bog‘ichida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Aytish kerakki, klub tarixida Aleksandr Anyukov eng ko‘p, ya’ni 134 ta o‘yinda piterliklarni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan. Afsuski, "Zenit" tarixidagi eng yorqin futbolchilardan biri hisoblangan Andrey Arshavin ramziy terma jamoaning zaxirasidan joy oldi.

Darvozabon: Vyacheslav Malafeev (44);

Himoyachilar: Domeniko Krishito (54), Yuriy Vernidub (72), Branislav Ivanovich (56), Aleksandr Anyukov (134);

Yarim himoyachilar: Anatoliy Timoщuk (86), Aleksey Igonin (54), Danni (85), Vladislav Radimov (116), Aleksandr Spivak (37);

Hujumchi: Vladimir Kulik (75).

zenit_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!