Ivo Baranievski Bog‘dan Gus’kovga qarshi jang qiladimi?

  • 20.04.2026 11:33
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Polshalik MMA ustasi Ivo Baranievski Yan Blakhovich o‘rniga hamyurtimiz Bogdan Guskovga qarshi jang qilish chiqish taklifiga munosabat bildirdi.

"UFC men haqimda o‘ylaganiidan juda xursandman. Ayni paytda ushbu variantni ko‘rib chiqyapmiz. Bogdanga qarshi jang katta imkoniyat va risk ekani yashirmayman. Biroq hozir menejerim bilan Mik Meynard o‘rtasida qizg‘in muhokama ketmoqda, shundan keyin ko‘p narsa oydinlashadi", - dedi Polsha vakili.

Eslatib o‘tamiz, Baranievskida 6 iyun kuni "UFC Fight Night 278" turnirida Billi Elekana bilan bahs olib borishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!