
Ixtiyor Botirov yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi
Xabaringiz bor, bugun yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Mazkur turnirga Tailandning Chonburi shahri mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning birinchi kunidanoq hamyurtlarimiz ijobiy natijani qayd eta boshlashdi. Jumladan, 55 kg vazn toifasida gilamga chiqayotgan Ixtiyor Botirov mezbon hamda yon qo‘shnimiz qozog‘istonlik kurashchilarni mag‘lub etib, Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar