Iyun oyida bizni yana bir muhim musobaqa kutmoqda!

  • 14 mart, 2023, 11:15
  • 0
  • Futbol

Joriy yilning iyun oyida bizni yana bir muhim musobaqa kutmoqda. Boisi Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi U17 terma jamoamiz Tailandda bo‘ladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

“Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati va Markaziy Osiyo chempionati haqidagi xabarlar fonida iyun oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati haqida unutmaslik lozim.

Turnirga qur’a tashlash marosimi 30 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ya’ni, nazariy jihatdan, Tailand va Indoneziyada 24 soat ichida ikkita qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi: 30 mart kuni o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga va 31 mart kuni yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi”, - deb yozadi o‘zbekistonlik mashhur futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o‘zining telegramdagi sahifasida.

Qur’adan oldin ko‘rish mumkinki, O‘zbekiston U17 terma jamoasi Laos, Xitoy va Qatar terma jamoalari bilan birga 4-savatchadan joy olgan.

17_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!