Jahon chempionati saralashidagi "yaralangan sher" yoxud mundiallar rekordchisi Germaniya terma jamoasi bilan tanishamiz

  • 6 noyabr, 2022, 23:53
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Muxlis va mutaxassislarni intizorlik bilan kuttirayotgan turnir tez orada boshlanadi.

Qaysi terma jamoalar "JCh-2022"da ishtirok etishini yaxshi bilasiz. Agar hamon bundan xabardor bo‘lmasangiz yana bir  bor eslatib o‘tib ketamiz.

Mundial startiga 15 kun qolgan va biz ketma-ketlikda termalar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Demak, "E" guruhining uchinchi vakili Germaniya orqali o‘ziga xos "chellenj"imizni davom ettiramiz.

Jamoa haqida

Germaniya futbol assotsiatsiyasi. Laqibi — “nemis mashinasi”.

Tashkil topgan yil: 1900 yil (FIFAga 1904 yil a’zo bo‘lgan)
Jamoa bosh murabbiyi: Xans Flik-Diter
Jamoa sardori: Manuel Noyer

Ilk rasmiy uchrashuvi: Shveytsariya – Germaniya 5:3 (1908)
Eng yirik g‘alaba: Germaniya – Rossiya 16:0 (1912)
Eng yirik mag‘lubiyat: Germaniya – Angliya 0:9 (1909)

Germaniya terma jamoasi ayni payt FIFA reytingida 11-o‘rinni egallab turibdi. Ularning eng yaxshi natijasi esa 1-o‘rin hisoblanadi. 2006 yilda “nemis mashinasi” 22-pog‘onaga tushib ketgan va bu ular uchun FIFA reytingidagi yomon natijaasi bo‘lib turibdi.

Germaniyaning jahon chempionatlaridagi tarixiga e’tibor qaratsak, ular uchta davrdan iborat: Germaniya (natsistlar davrida), G‘arbiy Germaniya va birlashgan Germaniya.

Germaniya terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida eng muvaffaqiyatli terma jamoalardan biri bo‘lib, to‘rtta chempionlikni qo‘lga kiritgan, to‘rt marta ikkinchi, to‘rt marta uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bir marta to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Jahon chempionatlarida 3 yoki undan yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalarning natijalarini hisoblab chiqsak, Germaniya 19 turnirning 12 martasida sohsupaga chiqa olgan. Bundan tashqari, Germaniya – 1930 yillar, 1950 yillar, 1960 yillar, 1970 yillar, 1980 yillar, 1990 yillar, 2000 yillar va 2010 yillarda, aniqrog‘i ular har o‘n yilda medal qo‘lga kiritgan (bu davrda jamoa oltin, kumush va bronza medallarga ega chiqqan) yagona jamoadir. Argentina, Braziliya va Ispaniya bilan bir qatorda, ular o‘zlarining qit’asidan tashqaridagi mundialda g‘alaba qozongan to‘rtta terma jamoadan biri hisoblanadi.

“Nemis mashinasi” 2014 yilda Janubiy Amerika qit’asidagi jahon chempionati chempionligini qo‘lga kiritgan. Jamoa 21 ta turnirning 19 tasida ishtirok etgan. Ular bu borada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Germaniya faqat ikki marta, 1938 va 2018 yillarda guruh bosqichidan chiqa olmagan. Shunday qilib, Germaniyaning 19 turnirdan 17 tasida (89%) 8 yoki undan yuqoriroq o‘rinlarni (kami chorak final) egallab, o‘ziga xos natija qayd etgan.

Turnirgacha bosib o‘tgan yo‘li

Germaniya jahon chempionatiga chiptani qiyinchiliksiz qo‘lga kiritdi. “Nemis mashinasi” Shimoliy Makedoniya, Ruminiya, Armaniston, Islandiya va Lixtenshteyn kabi jamoalar bilan mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Xans Flik shogirdlari 10 ta bellashuvda jami 27 ochko to‘plab, birinchilardan bo‘lib Qatardagi JChga chipta oldi. Nemis jamoasi saralashning 3-turida Makedoniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, qolgan jamoalarning barchasini mag‘lub etdi.

Hatto, ular Armanistonni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 10:1, Islandiyani jami 7:0, Lixtenshteynni har ikki bellashuv natijalariga ko‘ra 11:0 hisobida mag‘lub etdi. Germaniya saralash doirasida jami 16 ta gol urgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan atigi 4 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Jamoa etakchilari

Umuman olganda, Germaniyada juda ham yulduzli tarkib bor. Xususan, jamoada Manuel Noyer, Tomas Myuller, Yozua Kimmix, Antonio Ryudiger, Mark Andre Ter-Shtegen, Kay Xaverts, Ilkay Gyundogan, Leon Goretska, Serj Gnabri va Timo Verner kabi futbolchilar to‘p tepadi.

“Nemis mashinasi”ning asosini “Bavariya” futbolchilari tashkil qilsa, “Real”, “Chelsi”, “Barselona”, “Manchester Siti” kabi jamoalarda ham bir nechta etakchilari bor va ular o‘z klubining asosiy tarkib futbolchilari sanaladi.

JCh-2022dagi taqvimi

1 tur, 23 noyabr. Germaniya — Yaponiya
2 tur, 27 noyabr. Ispaniya — Germaniya
3 tur, 1 dekabr. Kosta-Rika — Germaniya

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!