Tojikistonlik himoyachi Germaniyadan voz kechib, O‘zbekistonda qoladigan bo‘ldi!

  • 04.12.2025 13:50
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"So‘g‘diyona" klubi a’zosi Zoir Jo‘raboev jamoada qoladigan bo‘ldi. Bu haqda futbolchining agenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Jo‘raboev jizzaxliklar bilan shartnomani bir mavsumga uzaytirdi. Avvalroq Zoirga Germaniya Bundesligasining 2-divizion vakili "Holshteyn"dan qiziqish bo‘lgan edi. Shu tariqa, ushbu transfer amalga oshmay qoldi.

Ma’lumot uchun, tojikistonlik himoyachi Superliganing yakunlangan mavsumida 27 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Uning Transfermarkt portalidagi bahosi 600 ming evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!