Jahon chempionatida biror marta maydonga tushmasdan chempion bo‘lgan darvozabonga xaridor chiqdi
Amsterdamning "Ayaks" klubi "Vilyarreal" darvozaboni Xeronimo Rulini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Niderlandiya grandi yanvar oyida 30 yoshli Argentina terma jamoasi posboni bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Ayaks" allaqachon Rulining transferi bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan aloqaga chiqqan.
Aytish kerakki, Xeronimo yaqinda yakunlangan JCh-2022da barcha 7 uchrashuvni zaxirada o‘tkazdi va biror marta ham maydonga tushmadi.
Ruli joriy mavsum La Liganing 14 o‘yinida ishtirok etib, 7 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.



Fikrlar