
Jahon chempionatida g‘alabaga erishayotgan Ruslan Abdullaevning maqsadi o‘sha o‘sha
Toshkent mezbonligida o‘tayotgan jahon chempionati davom etmoqda. Bugun hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib Ruslan Abdullaev o‘z yurishini boshladi.
Vakilimizga -63,5 kg vazn toifasida Mavrikiy vakili Richanro Kolin raqiblik qildi. Ruslanning ustunligi ostida o‘tgan jang 5:0 hisobi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Ruslan Abdullaev ushbu jahon chempionatidagi uchinchi g‘alabasiga erishdi. Muvaffaqiyatdan so‘ng bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Jang juda yaxshi bo‘ldi. Ushbu musobaqadagi uchinchi jangimda muvaffaqiyatga erishdim. Endi 10 may sanasidagi jangimda ham zafar quchishga harakat qilaman. Keyingi raqibim frantsiyalik bokschi.
Jangni ertaroq ham yakunlashim mumkin edi. Lekin murabbiylarimiz 3 raund ishlashim kerakligini aytishdi. Shuning uchun jangni to‘liq o‘tkazdim. Maqsadim - jahon chempioni bo‘lish, - dedi Ruslan Abdullaev.
Fikrlar