
Jahon chempionatida qatnashish uchun “Real”da o‘ynashim kerak!
“Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasi bilan 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
36 yoshli futbolchi terma jamoadan taklif olish uchun “Real” safidagi ishtirokini davom ettirishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham Luka Modrich madridliklar bilan yana bir yillik shartnoma tuzadi.
“Qirollik klubi” murabbiylar shtabi yoshi o‘tib qolganiga qaramay, Luka Modrichning maydondagi harakatlariga yuqori baho bermoqda va bosh murabbiy Karlo Anchelotti keyinchalik ham tajribali futbolchiga ishonch bildirishda davom etadi.
Bugungi kunda Luka Modrichning transferi 10 million evroga baholangan.
Fikrlar