Jahon chempionatini yutgan g‘olib UFC ga o‘tadimi? Xabibning jamoasi O‘zbekistonga kelishi rostmi? Ushbu savollarga IMMAF prezidenti matbuot anjumanida javob berdi

  • 4 noyabr, 2024, 17:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

5-10 noyabr kunilari poytaxtimizdagi muhtasham "Humo" arenada MMA bo‘yicha jahon chemponati bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqa oldidan IMMAF mutasaddilari, xususan, tashkilot raxbari Kerrit Braun ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Ular barchani qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.

"O‘zbekistonga kelganimdan juda xursandmiz. Bu er bizga yoqadi. 

MMA ni ommalashtirish uchun harakat qilyapmiz. Hattoki, bu uchun mazkur musobaqadagi g‘oliblarga kamar ham joriy etganmiz. 

Dana Uayt va Shon Shelbini turnirga taklif qilgan edim. Ammo ular juda band ekanini bildirib, o‘z uzrlarini aytib yuborishdi. 

Xabib Nurmagomedov va uning jamoasi musobaqaga kelishi mumkin edi. Biroq lagerlarda mashg‘ulotlar boshlangani bois buning imkoni bo‘lmadi.

MMA ni Olimpiya o‘yinlariga kiritish haqida gapiradigan bo‘lsak, avvalo, uni sport turi sifatida to‘liq tasdiqlatib olshimiz kerak. Shundan so‘ng, keyingi qadamni bosamiz.

Jahon chempionatidagi g‘oliblik sportchilarga UFC ga o‘tish imkonini bermaydi. Ammo bu yutuq jangchining faoliyatidagi oldinga bosilgan katta qadam bo‘ladi", - dedi Kerrit Braun.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!