Jahon chempioni Evropada qolishni xohlamadi

  • 7 may, 2021, 22:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Meksikaning "Tigres" klubi o‘zining rasmiy saytida "Marsel" yarim himoyachisi Florian Toven bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli frantsiyalik futbolchi yangi jamoasiga yozda erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. Aytish kerakki, "Tigres" safida Tovenning hamyurti Andre-Per Jinyak ham to‘p suradi.

Toven Evropada qolishi ham mumkin edi. Unga "Milan", "Lester", "Sevilya" va "Kristal Pelas" kabi klublardan jiddiy takliflar bo‘lgan.

Florian Toven Frantsiya terma jamoasi safida 2018 yil jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!