
Jahon chempioni koronavirus bilan kasalxonaga yotqizildi!
Angliya terma jamoasi va "Lids Yunayted" klubi sobiq himoyachisi Norman Xanter koronavirusga chalindi.
76 yoshli Xanterda COVID-19 virusi aniqlangach, u kasalxonaga yotqizilgan.
Ta’kidlash kerakki, Xanter Angliya terma jamoasi safida JCh-1966 da g‘olib bo‘lgan. Bu esa Angliya tarixidagi yagona jahon chempionligi hisoblanadi. U shuningdek "Lids", "Bristol Siti" va "Barnsli" klublarida ham o‘ynagan.
Fikrlar