Jahon chempioni qaysarlik qilyapti

  • 3 noyabr, 2020, 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” rahbariyati bosh murabbiy  Andrea Pirloning rejasiga kirmagan Sami Xedirani klub bilan amaldagi shartnomani bekor qilishga ko‘ndira olmayapti.

Germaniya tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Xediraning o‘zi maddatidan oldin Turin klubidan ketishni istamayapti. U hamon Pirloga jamoaga kerak ekanini isbotlab qo‘ymoqchi.

Sami Xedira klub kompensatsiya to‘lagan taqdirda ham jamoadan ketmasligini aytdi. Uning amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirda yakuniga etadi.

Tajribali yarim himoyachi “Yuventus”ga 2015 yili “Real”dan olib kelingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!