
Jahon chempionining "Galatasaroy"ga transferi amalga oshmaydi
"Yuventus" yarim himoyachisi Anxel Di Mariya "Galatasaroy"ga o‘tmaydi, deya yozmoqda Fabritsio Romano.
Turkiya chempionatida transfer oynasi tez orada yopiladi. Hozircha argentinalik futbolchi borasida yangiliklar yo‘q. Di Mariya joriy mavsumni Turin klubida yakunlab qo‘yadi.
Avvalroq, "Barselona" yozda Anxelni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu mavsum futbolchi "Yuventus" tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar