
Jahon futbol yulduzlari va Jahon chempionlari O‘zbekistonda!
Mamlakatimizda Yoshlar kuni munosabati bilan, 29 iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.
Tanishing:
Dida (Jesus Silva) - darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, Jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi.
Kristian Panuchchi - Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi.
Kristian Zakkardo - Italiya terma jamoasining sobiq a’zosi, o‘ng qanot himoyachisi, Jahon va Bundesliga chempioni.
Serjinio (Serjio Klaudio dos Santos) - Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi.
Mazkur uchrashuv 29 iyun kuni soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar