Jahon kubogi. Madiyar Daniyarov italiyalik raqibidan ustun keldi

  • 1 aprel, 23:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 1 dan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi kundan 3 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi.

Tecno

Hozirgina -60 kg da Madiyar Daniyarov va Italiya vakili Mishel Baldassi jangi yakunlandi. Hamyurtimizning ustunligida o‘tgan bahs natijada ham o‘z isbotini topdi. To‘liq davom etgan to‘qnashuvda Daniyarov ochkolar evaziga g‘alaba qozondi - 4:1.

Ma’lumot uchun, oldinda bizni Asilbek Jalilov va Nurzat Ongarov (Qozog‘iston) qarama-qarshiligi kutmoqda. Ushbu jang 2 aprel taxminan, soat 03:30 da (O‘zbekiston vaqti bilan) start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!