
Jahon kubogi. Bugun 5 nafar hamyurtimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, 31 martdan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Bugun yarim final janglari start oladi. Ushbu bosqichga 8 nafar bokschimiz etib keldi va bugun ulardan 5 nafari ringga ko‘tariladi.
Quyida juftliklar bilan tanishing:
-60 kg: Madiyar Daniyarov – Luiz Oliveyra (Braziliya) 23:15
-90 kg: To‘rabek Habibullaev – Vishal (Hindiston) 00:15
-50 kg: Asilbek Jalilov – Jadumani Mandengbam (Hindiston) 04:15
-75 kg: Fazliddin Erkinboev – Mixal Yarlinski (Polsha) 04:45
+90 kg: Jahongir Zokirov – Daniyal Saparbay (Qozog‘iston) 05:00
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Bokschilarimizning natijasini bizning saytda kuzatib boring.
Fikrlar