Jahondagi eng engilmas jamoa topildi: 109 ta mag‘lubiyatsiz o‘yin

  • 22.08.2026 15:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Malayziyaning «Johor Darul Tazim» klubi milliy chempionat doirasida mag‘lubiyatsiz o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi. Bu haqida «Reuters» axborot agentligi xabar berdi.

Yangi mavsumning ilk turida «Johor» «Kuching» jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa klubning mag‘lubiyatsiz seriyasi 109 ta o‘yinga yetdi.

Bungacha rekord Kot-d’Ivuarning «ASEK Mimozas» jamoasiga tegishli edi. Ushbu klub 1989 yildan 1994 yilgacha milliy chempionatda 108 ta o‘yin davomida mag‘lubiyatga uchramagan. 

«Johor» o‘tgan mavsumning so‘nggi uchrashuvida aynan shu ko‘rsatkichni takrorlagandi.

«Johor Darul Tazim» so‘nggi to‘rt mavsumda Malayziya chempionligini qo‘lga kiritgan va 2021 yil aprelidan buyon milliy birinchilikda mag‘lubiyatga uchramayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!