
Jahongir Ortiqxo‘jaevdan Shuhrat Abdurahmonovgacha. Yoxud Diyor Imomxo‘jaev hokimlarni maqtadi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi kanalida mamlakat futboliga katta hissa qo‘shgan va qo‘shib kelayotgan viloyat hokimlarini tilga oldi.
“O‘zbek futbolining 110 yilligi fonida Nasaf rahmatli Nuriddin Zaynievni xotirladi. Klubning bugungi muvaffaqiyatlari bevosita mana shu inson bilan o‘lchanishini hamma biladi.
Bugungi kunda ham futbolga katta yordam qaratayotgan hokimlar bor. Xayrulla Bozorov, Shavkat Abdurazzoqov, Jahongir Ortiqxo‘jaev, Ergash Soliev, Erkinjon Turdimov, Botir Zaripov, Shuhrat Abdurahmonov shular jumlasidan. Futbol misolida ham o‘sha gap: yaxshidan albatta bog‘ qolishi kerak”, - deb yozdi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar