Jaka: "Jezus biz uchun juda muhim o‘yinchi"
Gabriel Jezus jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan Kamerrunga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi 2 oy davomida futbol o‘ynay olmaydi. Ushbu vaziyatga uning jamoadoshi Granit Jaka reaktsiya bildirdi.
“Bu yomon. Gabriel bizga qanchalik muhim futbolchi ekanligini bilasiz. Men u bilan o‘yin tugaganidan so‘ng darhol bog‘landim. Jarohat qanchalik jiddiy ekanligini bilmayman. Ammo u kuchli yigit” – dedi 30 yoshli yarim himoyachi.
Granit endilikda “Arsenal” hujumida Eddi Nketiaga imkoniyat berish kerakligini aytdi.
“Bizda Eddi variyanti bor. U o‘tgan mavsumda ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatdi. Biz Nketiani ham qo‘llab-quvatlashimiz kerak. Sababi u endi yosh futbolchi emas. Men klubga qaytishni intiqlik bilan kutmoqdaman.”, - deya qo‘shimcha qildi Jaka.
Arsenalni 27 dekabrda premer-liganing 17-turidan o‘rin olgan “Vest Xem”ga qarshi uchrashuv kutmoqda. Jamoa jahon chempionati davom etayotgan paytda “Lion”, “Milan” va “Yuventus”ga qarshi o‘rtoqlik bahslarini o‘tkazadi.



Fikrlar