
Jaloliddin Masharipov: "Istiqlol" bilan menda hammasi yaxshi"
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Gonkongga qarshi uchrashuv oldidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi. Terma jamoamiz a’zosi Jaloliddin Masharipov "Istiqlol" klubidagi vaziyat haqida gapirdi.
Avvalroq, Masharipov "Istiqlol" klubi bergan va’dalarining ustidan chiqmaganligi uchun mashg‘ulotga bormagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Istiqlol" bilan menda hammasi yaxshi. Bir kun dam olish maqsadida mashg‘lotlarda qatnashmadim. Biroq mahalliy OAV buni noto‘g‘ri talqin qildi", - dedi 30 yoshli futbolchi
Fikrlar