
Jaloliddin Masharipov Mesut O‘zil bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin
Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi o‘z tarkibini yulduz futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.
"Transfermarkt" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, riyodliklar Mesut O‘zil bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Germaniyalik pleymeykerning transferi 3 million evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi ayni paytda Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha "Real" Madrid, "Arsenal" kabi grandlar safida to‘p tepgan.
Fikrlar