Jaloliddin Masharipov: "Navbahor" futbolchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynay oladi

  • 14 mart, 2020, 16:15
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Futbol TV" telekanalidagi “Offside” ko‘rsatuvida milliy terma jamoa safida hamma ham o‘ynay olmasligini, bu borada klublarning yoshligidan bosimda katta bo‘lagan futbolchilari terma jamoa libosini kiya olishini aytdi.

Tecno

- O‘zbekiston chempionatida bir yoki ikki turda yaxshi o‘ynasa, terma jamoada ham shu darajada harakat qiladi, degani emas. Ruhiy bosim kuchlilik qiladi. O‘zi terma jamoada o‘ynaydigan o‘yinchilar bor. Masalan, "Nasaf" vakillari. Sababi, Ro‘ziqul Berdiev kuchli murabbiy. Sizga shu darajada psixologik ta’sir o‘tkazadiki, uni gaplarini yoshlikdan eshitib, kuchayib borasiz.

Jaloliddin Masharipov: Abramov sizga shunaqa “dux” beradiki, siz “Barselona”ni yutasiz

581582805730_1

"Paxtakor" vakillari terma jamoada to‘p tepa oladi. Ular yoshligidan muxlislari bosimida kata bo‘lgan. "Bunyodkor" va "Lokomotiv"da ham shunaqa. Vodiyda "Navbahor" futbolchilari terma jamoa libosini kiyishi mumkin. Ularning ishqibozlari O‘zbekistonda birinchi raqamli hisoblanadi. Bosimga dosh beradigan yigitlar harakat qila oladi, - dedi Jaloliddin Masharipov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
14/03/2020 16:26
Тугри
Muhammad Rahmatillaev
14/03/2020 16:22
Ўзбекистон термасида Навбахорни ўйинчиларидан кам деганда 5 нафари ўйнашга лойиқ.
&
Oybek160197
14/03/2020 20:47
Abramaov dux bersa Savudiyani nega yutmadik Jalol
Nuriddin Uktamov
14/03/2020 16:31
Lekin faqat bitta azizbek o‘ynaydi
Абдусамат Жураев
14/03/2020 17:30
Голбан хам кушилади навбахордан иккита