Jaloliddin Masharipov: Terma jamoada harakat qiladigan yigitlar hech qachon o‘z manfaatini ustun qo‘ymaydi

  • 29 mart, 2021, 23:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Iroqqa qarshi o‘tkazgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. O‘yindan keyin "oq bo‘rilar" etakchisi Jaloliddin Masharipov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Muxlislarimiz uchun juda tomoshabop va yoqimli o‘yin bo‘ldi. Kichik xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. Kiyinish xonasida raqibning taktikasi haqida gaplashgandik. Ular shundoq ham tartibli himoyalanib, qarshi hujum taktikasini qo‘lladi. Gol o‘tkazib yuborsak, yanada qiyin bo‘lishini bilardik.

Bu o‘rtoqlik uchrashuvi ekanligini his qilib turibmiz. Nasib qilsa, rasmiy o‘yinlarda butunlay boshqacha kayfiyatda harakat qilamiz va vaziyatlarimizdan imkon qadar foydalanamiz.

Terma jamoada harakat qiladigan yigitlar hech qachon o‘z manfaatini ustun qo‘ymaydi. Shaxsan o‘zimdan misol keltiradigan bo‘lsam, bu haqda gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bir necha vaziyatlarda sheriklarimni to‘p bilan ta’minlashga urindim. Vaholanki, o‘sha vaziyatlarda o‘zim ham zarba berishim mumkin edi.

Men o‘zim ham BAA chempionatida o‘ynayapman. U erda umuman vaqt cho‘zish borasida ko‘rsatma berilmaydi. Bizning murabbiyimiz ham arab millatidan. U bizga "yutayotgan paytda vaqtni cho‘zinglar", demaydi. Umuman olganda, g‘alaba qozonish uchun odam hamma narsaga tayyor bo‘ladi. Masalan, rasmiy o‘yinda g‘alaba qozonayotgan bo‘lsak, biz ham o‘yin vaqtini sun’iy cho‘zishimiz mumkin",-deya Masharipov so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda SPORTS.uz muxbiri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!