
Jaloliddinovning goli termamizga g‘alaba keltirdi
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U22 terma jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib borayotganidan xabardorsiz. Bugun ushbu yig‘in doirasida yoshlarimiz "Metallurg" klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.
"Jar" stadionida kechgan bellashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarni Jasur Yoqubov va Jasur Jaloliddinov kiritdi.
Nazorat o‘yini
O‘zbekiston U22 - "Metallurg" 0:2
Gollar: Jasur Yoqubov (60), Jasur Jaloliddinov (65)
Fikrlar