Jamoadan ketsang, 4 million evro beramiz!

  • 15.07.2022 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Inter” klubi Arturo Vidal ortidan chililik hujumkor futbolchi Aleksis Sanchesdan ham qutilmoqchi.

Chunki aynan Aleksisning tarkibda borligi milanliklarga Paulo Dibala transferini amalga oshirishga to‘sqinlik qilyapti.

Sanches klubga xalaqit berayotganini yaxshi his qilib turibdi va vaziyatdan pul ishlab olmoqchi.

Klub rahbariyati tajribali futbolchiga jamoadan ketishi uchun to‘rt million evro kompensatsiya taklif qildi. Biroq, Sanches bu summaga ko‘ngani yo‘q va yana pul undirmoqchi.

“Inter” taklifni besh million evrogacha ko‘tarishga tayyor.

Aleksis Sanches 2019 yildan beri “INter” futbolchisi hisoblanadi. U avval Ispaniya va Angliya chempionatlarida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!