Jamoadoshi bilan to‘qnashgan poygachi chetlatilishi mumkin

  • 1 iyun, 2024, 18:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

“Alpin” boshlig‘i Bruno Famen Esteban Okonni Monte-Karloda jamoadoshi Pier Gasli bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng Kanada Grand-prisidan chetlashtish haqida jiddiy o‘ylamoqda, deb xabar berdi Sky Sports jurnalisti Kreyg Sleyter.

Tecno

Taxminlarga ko‘ra, Okonning Monrealdagi o‘rnini jamoaning zahiradagi haydovchisi Jek Duen egallashi mumkin.

“Aytish mumkinki,  “Alpin” rahbari bu echimni jiddiy ko‘rib chiqmoqda. U jamoa uchun foydali bo‘lgan narsani qiladi. Agar u jamoada qanday intizom bo‘lishi kerakligini ko‘rsatish uchun Esteban Okonni bir haftaga diskvalifikatsiya qilish kerak, degan qarorga kelsa, u buni qilishga tayyor. Ammo hozircha qaror qabul qilinmagan”,- deb yozdi Sky Sports muxbiri.

Bundan tashqari, “Alpin” fransiyalik pilotni pul bilan jarimaga tortish variantini ko‘rib chiqmoqda. 

Grand-pridan keyin Okon va Famen o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi. Okon boshlig‘idan va muxlislardan kechirim so‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!