Jamoasiz qolgan Isko nega "Roma"ga o‘tishni xohlamayapti?

  • 6 iyul, 2022, 14:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik yarim himoyachi Isko "Roma"ga o‘tishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda AS.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “Real”ning sobiq futbolchisini shaxsan rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino ko‘ndirishga uringan, biroq uni ishontirishning iloji bo‘lmagan. Gap shundaki, Isko yo Ispaniyada qolmoqchi yoki Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubga o‘tmoqchi.

30 yoshli futbolchi so‘nggi 9 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Biroq 1 iyul kuni uning “qirollik klubi” bilan shartnomasi o‘z yakuniga etdi va shu bois u jamoani erkin agent sifatida tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!