Jampaolo "Milan" antirekordini o‘rnatdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi bugun bosh murabbiyi Marko Jampaoloni ishdan bo‘shatdi. Jampaolo klubda uzoq vaqt ishlash borasida antirekord o‘rnatdi.

Ushbu mutaxassis "rossonerilar"ni bor-yo‘g‘i 111 kun boshqardi. U 19 iyun kuni jamoa bosh murabbiyi sifatida saylangandi.

Faqat rahbar vazifasini bajargan murabbiylarni hisobga olmaganda, bu milanliklar tarixidagi eng qisqa ish davr bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Jampaolo boshqaruvida "Milan" A Seriyaning 7 ta uchrashuvida 9 ochko jamladi va 4 bor mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, jamoa yaqin vaqtlar ichida Stefano Piolini bosh murabbiy sifatida tanishtirishga yaqin turipti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!