Jamshid Saidov - "Buxoro"ning kuchli legionerlarni jalb qilish imkoniyati, jamoada nega sardor almashgani va boshqalar haqida

  • 5 sentabr, 2020, 20:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Buxoro" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan so‘ng, mezbonlar ustozi Jamshid Saidov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- "Paxtakor" o‘zbek futbolining bayroqdor jamoalaridan biri. Eng kuchli futbolchilar jamlangan klub. O‘yinchilarning klassi ham yuqori. Ularga Osiyo Chempionlar ligasida omad tilayman.

Birinchi davrada safimizda harakat qilgan legionerlar bilan xayrlashdik. Tarkibni kuchli legionerlar bilan kuchaytirishga imkoniyatimiz etmaydi. Moliyaviy holatimiz yomon. Xorijliklar mahalliy futbolchilardan 2-3 karra kuchli bo‘lishi kerak. Uning o‘rniga yoshlarga e’tibor qaratganimiz ma’qul. Ikkinchi davrani legionerlarsiz o‘tkazishga qaror qildik. 

3-, 4-paslardan so‘ng to‘p yo‘qotildi? To‘g‘ri, chunki himoyalanayotgan futbolchilar yoshlardan iborat. Ular "Paxtakor" kabi jamoa bilan o‘ynaganda shunday bo‘ladi.

Biz bunday taktikada birinchi marta o‘ynamayapmiz. Jamoa himoyadan qarshi hujumga o‘tadi. Aziz Ibragimov "Buxoro"da birinchi marta o‘ynamayapti. U nomdor futbolchi. Shuning uchun futbolchilar uni sardor sifatida tanlashdi. 

Stadionimiz bu mavsum tayyor bo‘lmaydi. Keyingi yili o‘ynasak kerak. Hozircha uy uchrashuvlarini Muborakdagi arenada o‘tkazamiz, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!