
Jamshid Saidov: Nazariy jihatdan Superligada jon saqlab qolishga imkoniyatimiz bor
O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvida jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida buxoroliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov bahs xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Futbolchilarga rahmat aytaman. Birinchi taymda juda tezkor gol o‘tkazib yubordik. Sababi, bir qancha yosh futbolchilarni o‘ynatdik. Yakunda kerakli natijani qo‘lga kirita oldik.
Nazariy jihatdan Superligada jon saqlab qolish imkoniyatimiz bor. Oxirgacha harakat qilamiz.
Albatta, bugungi durangni g‘alabaga teng, deb ayta olaman. Chunki, so‘nggi daqiqalardagina ochko qo‘lga kiritdik", - dedi Saidov.
Fikrlar
ЛЎТТИБОЗ!!!