Janluiji o‘rniga Janluiji keladimi?

  • 15.04.2021 15:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma Italiyada qolishi mumkin. Unga "Yuventus" yana qiziqib qoldi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, 22 yoshli posbonning agenti Mino Rayola mijozining transferi bo‘yicha “keksa sinora” sport direktori Fabio Paratichi bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Aytish kerakki, Donnarummaning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach, o‘z nihoyasiga etadi. Hozircha, u “Milan” rahbariyati bilan ushbu shartnomani uzaytirish masalasida til topisha olmayapti. Shu sababli, u yangi jamoasiga erkin agent sifatida yo‘l olish ehtimollari ham mavjud.

Donnarumma joriy mavsum "Milan" safida 40 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan 48 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!