Jarohat olgan Neymar endi mundialda o‘ynamaydimi?

  • 25.11.2022 14:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Qatardagi jahon chempionatining birinchi turida Braziliya terma jamoasi etakchisi Neymar Serbiyaga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

Ommaviy axborot vositalarida futbolchi chempionatni o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Neymarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

- Neymar jahon chempionatida yana o‘ynaydi. Bunga to‘liq amin bo‘lishingiz mumkin. U albatta o‘ynaydi.

Neymar borasida yana bir muhim ma’lumot aytmoqchiman. U shikastlanganiga qaramay, maydonda qoldi. Oyog‘idagi og‘riqqa chidab o‘ynadi va ikkita gol urishimizga yordam berdi. U jamoaga kerakligi uchun ham maydonni erta tark etmadi, - dedi Tite.

Braziliyaliklar Risharlisonning dubli evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. Neymar gol kiritilganidan keyin 79-daqiqada o‘rnini Antoniga bo‘shatib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!