Jarohat olgan “Oltin to‘p” sohibi Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydimi?

  • 18.05.2026 18:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritib bo‘lgan "Pari Sen-Jermen" poytaxt derbisida “Parij” klubi mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Bu natija garchi musobaqa jadvaliga ta’sir qilmasa-da, uchrashuvda Usmon Dembelening jarohat olib, maydonni 27-daqiqada tark etgani chempion jamoa muxlislarini xavotirga soldi.

UEFA Chempionlar ligasi finaliga ikki haftadan kam vaqt qolgan bir vaziyatda, 2025 yildgi “Oltin to‘p” sohibining sog‘ligi borasidagi xabarlar hammani xavotirga solishi tabiiy.

“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Luis Enrique Usmon Dembelening ahvoli haqidagi savolga juda qisqa javob berdi.

- U yaxshi. Umid qilamanki, jiddiy hech narsa yo‘q, - dedi ispaniyalik murabbiy.

​Ushbu bayonot Frantsiya terma jamoasi a’zosi atrofidagi shubhalarga chek qo‘ydi va uning 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan finalda ishtirok eta olishiga bo‘lgan umidlarni kuchaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!