Jarohat olgan Tolisso ikki oyni o‘tkazib yuboradi

  • 22 aprel, 2020, 20:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Korenten Tolisso oyog‘idan jarohat olgach, jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi, deb xabar beradi Bild.

Tecno

Nashrning xabar berishicha, futbolchiga chap oyoq bilagining zo‘riqish tashxisi qo‘yilgan. Dastlab yarim himoyachi konservativ davolanishi rejalashtirilgan edi, ammo keyin jarrohlik aralashuvi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Futbolchining tiklanish vaqti sakkiz hafta bo‘ladi.

Tolisso "Bavariya" ga 2017 yil yozida "Lion" dan ko‘chib o‘tdi. Transfer summasi 41,5 million evroni tashkil etdi. Bu mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi Germaniya chempionatining 13 ta o‘yinida ishtirok etgan va u bitta gol muallifi bo‘lib, 2 ta golli pas berdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!