Jarohat olgan Xoland "Liverpul"ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘ladi

  • 19 noyabr, 2023, 15:20
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Norvegiya terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi hujumchisi Erling Xolandning jarohat olgani haqida xabar bergandik. Ma’lum bo‘lishicha, uning tiklanishiga ko‘p vaqt ketmaydi. 

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, futbolchi faqatgina Shotlandiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. FIFA kunlaridan so‘ng Erling "Manchester Siti" bilan "Liverpul"ga qarshi o‘yinda harakat qila oladi. Shunchaki hujumchi tavakkal qilishni istamagan. 

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - "Liverpul" o‘yini 25 noyabr kuni 17:30 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!