Jastin Getji - Rafael Fiziev kimda imkoniyat yuqori? O‘zbek yakkakurash olami vakillari javob berdi

  • 17 mart, 2023, 19:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

19 mart tongida “UFC 286” turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirning 2-markaziy jangida engil vazn (70,3 kg) toifasi vakillari Jastin Getji hamda Rafael Fiziev to‘qnash keladi. Ushbu jang borasida ham turli xil fikrlar bildirilmoqda.

Tecno

Biz ham an’anaga muvofiq o‘zbek yakkakurash olami vakillarini fikri bilan qiziqdik.

Valijon Azimov – O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi

- Har ikkisi bir xil uslubda jang qiladi. Biroq, Getji zarbalarining aniqlik koefftsienti va kuchi yaxshiroq. Nazarimda Getji g‘alaba qozonadi.

valijon aka

Sherbek Bilolov – murabbiy

- Bu jang juda qiziq bo‘lishi aniq. Har ikkisi chiroyli harakat qiladi. Teng kuchli jangchilar hisoblanadi. Biroq, Getji jang boshlanishi bilanoq jiddiy bosim uyushtiradi. Shuning uchun bu bahs to‘liq davom etadi, deb o‘ylamayman. Getji aynan qo‘l zarbasi bilan Fizievni nokautga uchratadi.

sher_4

Shohasan Mirzamatov – MMA jangchisi

- Ikkalasi ham “stoyka” jangchilari sanaladi. G‘alaba qozonish imkoniyati har ikkisida bor, deb o‘ylayman. Lekin Jastin Getjida imkoniyat yuqoriroq. Chunki u TOP jangchilar bilan to‘qnash kelgan. Shuning uchun u vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirishi mumkin. Imkoniyatlar 60/40 Getji foydasiga!

shoxasan_2

Mavlon Mavlonov – murabbiy

- Ikki zarbachining qarama-qarshiligi desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Fizievning texnikasi yuqori bo‘lsa, Getji haqiqiy, tom ma’nodagi harakter egasi. Getjini mag‘lub etish uchun shunchaki uxlatib qo‘yish kerak yoki “parter”da bo‘g‘ib qo‘yish lozim. Fiziev “parter”da nazorat qila oladi, deb o‘ylamayman. Shuningdek, Fiziev uni ochkolarga ko‘ra yoki texnik nokaut bilan yuta olmaydi. Meni fikrimcha Getji 2 yoki 3- raundda nokaut bilan g‘alaba qozonsa kerak.

Mavlonchik

Mavlud Tifiev -  muaytay, MMA jangchisi

- Umuman olganda ko‘pchilik Rafael Fizievning imkoniyatiga past baho beryapti. Rafaning TOP jangchilar bilan uchrashmaganligini aytishmoqda. Uning Rafael Dos Anos bilan jangini esdan chiqarishmoqda. RDA ham divizion etakchilaridan aslo qolishmaydi. Qolaversa, Rafaning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Tailandda birga mashg‘ulot olib borganmiz. Yaqin do‘stim bo‘ladi. Angliyaga ketishdan oldin ham birga edik. Jismoniy holati super darajada. Ishonchim komilki, u g‘alaba qozonadi.

rafajon

Yoqubjon “Yako” Tursunov – ring – anonseri

- Ushbu jang kechasining markaziy to‘qnashuvidan aslo qolishmaydigan qarama-qarshilik, deb o‘ylayman. Garchi titul uchun bo‘lmasa ham, bonuslar olish bo‘yicha etakchilar, bu jangda ham muxlislarni aslo zeriktirib qo‘ymaydi. Albatta, Fiziev zo‘r jangchi. Biroq, baribir Getji unga nisbatan TOP va u bu jangda g‘alaba qzonadi, degan fikrdaman. Albatta, bu meni shaxsiy fikrim!

Yako

Ramziddin Omonov – MMA jangchisi

- Qiziqarli jang bo‘ladi. Har ikkisining oyoq-qo‘llaridagi harakatlari juda yaxshi qo‘yilgan. Getjiga hurmatni saqlagan holda, aytishim mumkinki, bu jangda Rafael Fiziev ochkolarga ko‘ra yoki texnik nokaut bilan g‘alaba qozonadi.

Omonov

Javohir Abdug‘aniev –MMA jangchisi

- To‘g‘risi, menga Jastin Getjining jang olib borish uslubi yoqadi. Fiziev ham deyarli shu tarzda harakat qiladi. Umuman qiziqarli to‘qnashuv bo‘ladi. Getjiga oson bo‘lmaydi, biroq u baribir “klass” borasida ustunroq va u muddatidan avval g‘alaba qozonadi.

Java

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!